Ishlab chiqilgan
loyihalar
Kiberxavfsizlik va dasturiy ta'minot sohasidagi 8 ta real loyiha. Har bir loyiha amaliy muammolarni hal qilish maqsadida yaratilgan.
Muhim eslatma: Ushbu loyihalarning barchasi faqat ta'lim va tadqiqot maqsadida ishlab chiqilgan. Har qanday noqonuniy foydalanish uchun muallif javobgar emas.
SentinelBRO
Xavfsizlik Skaneri
Windows operatsion tizimidagi zaifliklarni chuqur skanerlash uchun mo'ljallangan ilova. Tizim, tarmoq va xizmatlarning zaif tomonlarini avtomatik aniqlaydi, CVE ma'lumotlar bazasi bilan solishtiradi va detalli hisobot tayyorlaydi.
- ✓Windows OS zaiflik skanerlash
- ✓CVE database integratsiyasi
- ✓Avtomatik hisobot generatsiya
- ✓Real-time monitoring
PentestKit
Penetration Testing
Windows muhitida ishlovchi kuchli pentesting desktop ilovasi. Domen va subdomenlarni keng qamrovli razvedka qilish, portlarni skanerlash va DNS yozuvlarini chuqur tahlil qilish imkoniyatlarini yagona interfeyda birlashtiradi.
- ✓Domen & subdomen razvedka
- ✓Port scanning & fingerprinting
- ✓DNS yozuvlarini tahlil
- ✓Kuchli hisobot tizimi
SecurityLab
Mobile Xavfsizlik
Android qurilmalar uchun ishlab chiqilgan kiberxavfsizlik ilovasi. Zaifliklarni baholash, tezkor ekspluatatsiya imkoniyatlarini aniqlash va CVE ma'lumotlar bazasi bo'yicha qidiruv funksiyalarini qo'l ostida ushlab turadi.
- ✓Zaiflik baholash tizimi
- ✓CVE bo'yicha qidiruv
- ✓Ekspluatatsiya aniqlash
- ✓Offline ishlash rejimi
SOC Platform
Security Operations
Linux OS uchun ishlab chiqilgan to'liq SOC (Security Operations Center) tizimi. O'z ichiga bir qancha web toollarni jamlaydi va biror bir sohaga qarab maqsadli yo'naltirish imkonini beradi.
- ✓Integrated web toollar to'plami
- ✓Log monitoring & analitika
- ✓Incident response workflow
- ✓Maqsadli yo'naltirish tizimi
WAF Tizimi
Web Application Firewall
Layer 7 darajasidagi veb-ilovalar himoyasi uchun enterprise WAF tizimi. SQL injection, XSS, CSRF, RFI, LFI va boshqa OWASP Top 10 tahdidlarini real vaqtda aniqlaydi va bloklaydi. Machine Learning asosidagi anomaliya detection motori mavjud.
- ✓OWASP Top 10 to'liq himoya
- ✓ML anomaliya detection
- ✓DDoS & rate limiting
- ✓Zero-day protection engine
PhishGuard
Fishing & Antifishing
Fishing hujumlarini simulyatsiya qilish va ularga qarshi himoya tizimlarini o'z ichiga olgan dual platforma. Xodimlarni fishing hujumlariga qarshi o'qitish va haqiqiy fishing sahifalarini real vaqtda aniqlash imkonini beradi.
- ✓Fishing simulyatsiya kampaniyalari
- ✓Antifishing URL detection
- ✓Phishing awareness training
- ✓Xodim monitoring tizimi
DarkWatch AI
Darknet Monitoring
Sun'iy intellekt asosidagi darknet monitoring tizimi. Vazifasi — kompaniya yoki shaxs ma'lumotlarining darknetga sizib chiqqanligini tezkorlik bilan aniqlash. Tor tarmoqlari, onion saytlar va yopiq forumlarni doimiy nazorat ostida ushlab turadi.
- ✓AI-powered darknet skanerlash
- ✓Real-time ma'lumot sizib chiqish alertlari
- ✓Tor & onion network monitoring
- ✓Credential leak aniqlash
KiberInfiksiyaBot
Telegram Bot
O'zbekiston fuqarolariga mo'ljallangan Telegram bot. Foydalanuvchilarning login va parollari hacker ma'lumotlar bazalarida sizib chiqqanligini tezkorlik bilan tekshirib beradi. Ma'lumotlar xavfsizligi bo'yicha tezkor ogohlantirish xizmati.
- ✓Login/parol sizib chiqish tekshiruvi
- ✓Hacker DB integratsiyasi
- ✓Telegram orqali tezkor natija
- ✓O'zbekiston foydalanuvchilari uchun
Sahifamizga tashrif buyurganingiz uchun rahmat!
Loyihalar bo'yicha savollar yoki taklif bo'lsa — bog'laning

